Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Аrtikxodjaev mehmonlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, poytaxtimizning salohiyati, shahrimizdagi oʼzgarish va yangilanishlar jarayoni haqida maʼlumot berdi.

Toshkentda 2030 yil qanday o’zgarish bo’ladi Cushman & Wakefield kompaniyasining Moskvadagi ofisi bosh direktori va boshqaruvi hamkori Sergey Ryabokov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Toshkent har jihatdan o’zgarish bo’layotganligini eʼtirof etib, Oʼzbekiston poytaxtida olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Jumladan, mehmonlar «Toshkent 2030 — yuksaklikka intilayotgan shahar» loyihasini taqdim etdi. Mutaxassislarning fikricha, 10 yildan keyin shaharning iqtisodiy rivojlanishi uning infratuzilmasi bilan cheklanib qoladi, shuning uchun hozirdan bu yoʼnalishda tizimli islohotlar ustida ish olib borish zarur. 2030 yilda Toshkent nafaqat maʼmuriy-moliyaviy markaz, balki mintaqadagi gʼoyalar generatori va Oʼzbekistonning dunyoga ochiq, rivojlangan shahri sifatida tanilishi muhim.

Shu omillardan kelib chiqib, moskvalik mutaxassislar bir necha loyihalarni taqdim etdilar:
– Noturar joylar ijarasini rivojlantirishga moʼljallangan Toshkentdagi tijoriy koʼchmas mulk xaritasi;
– Shahar chegarasida ulkan ulgurji-savdo tarmogʼini tashkil etish;
– 11 ta tuman hududlariga oid kontseptsiya.

Shuningdek,  uchrashuvda o’zgarish  qilish uchun sohil boʼylari, bogʼlar, sayilgohlar, ochiq osmon ostidagi muzeylarni barpo etish taklifi ham koʼrib chiqildi.

Maʼlumot oʼrnida qayd etish joiz, Cushman & Wakefield kompaniyasi mijozlarga koʼchmas mulkka investitsiya kiritish va ijara masalalarida maslahat berish, ularning manfaatlarini ifoda etish bilan shugʼullanadi. 1917 yilda АQShda tashkil etilgan kompaniya hozirgi kunda dunyoning 70 davlatida 400 ga yaqin ofislarga ega. Rossiyada esa kompaniya 1995 yildan beri muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 150 ta yuksak malakali mutaxassislardan tashkil topgan ushbu jamoa davlat infratuzilmasini barpo etish boʼyicha konsalting xizmatlarini koʼrsatadi.

Uchrashuv natijalariga koʼra, ikki tomon oʼrtasida oʼzaro manfaatli hamkorlik yoʼlga qoʼyiladi.

manba