Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab qurilayotgan ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va umumiy maydoni 500 m2 ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni vibrodinamik uskuna yordamida tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, qurilayotgan bino zilzilabardoshligini aniqlash uchun mablag‘lar quruvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi.