❗️Guliston qurilish kolleji huzuridagi Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida o‘quv kursini tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

🏗 Qurilish vazirligi tarkibidagi Guliston qurilish kolleji qoshida Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazining Elektrogazpayvandchi, Duradgor, Bo‘yoqchi-bezakchi, Santexnika ishlari ustasi, Elektromontajchi va Stropalchi kasblari bo‘yicha 130 nafar ilk bitiruvchilariga davlat namunasidagi sertifikatlar topshirildi.

⚡️Shuningdek, Markaz faoliyatini tashkil etishda faol hissa qo‘shganlarga Tashakkurnoma taqdim etildi.

⚡️Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar xorijiy tashkilotlar (Rossiya Federatsiyasining «Premium»MCHJ, OOO «Tvest», OOO «Sapfir») hamda mahalliy ish beruvchilar tomonidan egallagan sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlanmoqda.

manba.mc.uz