Vazirlik tizimidagi OTMga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish bali 66.1 ball etib belgilandi.

⚡️2021-2022-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan Qurilish vazirligi tarkibidagi Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2020-2021-oʻquv yili uchun tasdiqlangan fanlar majmuasiga muvofiq 2 ta fandan oʻtkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʻra oʻtish bali toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 35 foizi (66,1ball) etib belgilandi.

❗️Eslatib oʻtamiz, 2021-2022-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga koʻra toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

manba:mc.uz